Mahbuslarning piri hisoblangan Qo‘chqor atoning qabri (VIII asr), ziyoratgohi Buxoro zindoni hududida joylashgan. Afsonaga ko‘ra, Qo‘chqor ato buxorxudot hukmdori – Bidun davrida yashagan va saroy qo‘ylarini boqqan.
Qo‘chqor ato juda hurmatga sazovor va kuchli – zo‘r avliyo hisoblangan, shuning uchun hech kim zindon joylashgan tepalikka otda, jonzod mingan holda chiqishga jur’at eta olmagan: chavandozlar albatta har doim otdan tushib, otlarini jilovlaridan ushlab tepalikka chiqqanlar.
Bu avliyoga ixlos qilishlikning o’ziga xos xususiyati shundaki, agar mozorda qurbonliklar qilinsa, ular zotli qo‘chqor bo‘lishi kerak edi, shuning uchun bu mozor vaqtida ayniqsa katta qo‘chqor shoxlariga boy bo‘lgan.

Izoh bildirish yopilgan.