Vaqtida Arabon guzarining Pushtayi Zog‘on nomi bilan tanilgan qismida ikkita mozori bo‘lgan qabriston bor edi: Xoja Zogon (joylashuvi bo’yicha nomlangan) va Hazrati Ahi. Ikkinchisi qabr bo’lib, uning yonida kichik inshoot va buloq bor edi. Uning suvi shifobaxsh hisoblangan; odamlar uni o‘zlarining ustlaridan quyganlar, suvini ichishgan.
XX asrning o‘rtalarida Eshoni Pir guzarida yashagan 76 yoshli otaxon, Shayx Shox guzarida yashagan yoshlari 70 larda bo‘lgan Mirzi Hayot ismli otaxonarning bergan ma’lumotiga ko‘ra ko‘nchilarning piri hisoblangan avliyo Hazrati Ahi Shohmurod davrida yashaganini va u Marg‘ilondan kelganini eshitganlar. Hazrati Ahi olim odam bo‘lgan va madrasada dars bergan. Biroq, Hazrati Ahi nomi mozor aslida bundan ham qadimdan bo‘ganligini ko‘rsatadi.

Izoh bildirish yopilgan.