Hazrat Shayx Ali Buxoriy haqlarida “Tarixi Mullozoda”, “Tuhfat az zoirin” va boshqa manbalarda ma’lumotlar berilgandir.
Shayx Alining qabrlari Chor Minorning janubida Shayx Hasan Namadpo‘shning yonidadir. Ayni shu kundarda ushbu ziyoratgoh ta’mirtalab. Shayx Ali Buxoriy buyuk mashoyixlardan bo‘lib, bu zoti sharif Shom, Iroq, Hijoz shaharlarida mashhur edilar.
Hazrat Shayx Ali un sakkiz marotaba haj qilgan edidar. “Tuhfat az zoirin”da naql etilishicha, avliyolardan biri Hazrat Payg‘ambarimiz salallohu alayhi vasallamni tush ko‘radi. Ul zoti sharif deydilarki: “Siz Shayx Ali Buxoriy bilan uchrashib, ul zotni ziyorat qilganmi?” Avliyo: “Yo‘q”-deydilar. Shunda rasululloh salallohu alayhi vasallam: “Shayx Ali Buxoriyni ziyorat qiling, zero, kimeki Shayx Ali Buxoriyni ziyorat qilsa, go‘yo meni ziyorat qilgandek bo‘lur!”-dedilar.

Izoh bildirish yopilgan.