Xazrat Xoja G‘arib Hazrat Avliyoi Kabirning farzandlari hisoblanadilar. Xoja G‘arib ilmni o‘z otalar Avliyoi Kabirdan o‘rgangan. Bu zoti sharif ko‘plab avliyolar bilan, inchunin, Xoja Hasan Bulg‘oriy bilan hamsuhbat edilar. Hasan Bulg‘oriy degan ekanlarki: “Men ko‘rdimki, Xoja G‘arib mardi tamom turur (ya’ni komil inson) va oning suluki jazba birla orastadur” (“Rashahot”, 46-sahifa).
Hasan Bulg‘oriy yana degan ekanlar: “Men o‘z hayotim davomida juda ko‘p (ya’ni yigirma sakkizta) avliyolar bilan hamsuhbat bo‘ldim, lekin Xoja G‘aribday ulug‘ martaba, ulug‘ maqomli avliyoni ko‘rmadim.”
Hazrat Xoja G‘aribning to‘rtta xalifalari bo‘lgan: 1. Xoja Avliyoi Porso. 2. Xoja Hasan Shovariy. 3. Xoja Ukitmon. 4. Xoja Avliyoi G‘arib.
“Tuhfat az zoirin” kitobida yozilishicha, Hazrat Xoja G‘aribning muborak qabrlari Buxoro shahri ichidagi tepalikdadir. Bo‘yrobofon guzari yonidagi ushbu tepalik hozir ham bor. Shu guzarlik Said aka Xoja G‘arib qabrlarini qayta bino etdi, bu yerda bog‘ barpo qilgan.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
Avliyoi G‘arib (Avliyo kalon o‘g‘li) ziyoratgohi

loading map - please wait...

Avliyoi G‘arib (Avliyo kalon o‘g‘li) ziyoratgohi 39.778191, 64.419311 Kenglik: 39.778191 Uzunlik: 64.419311