Abdullo Eshoni Qo‘qondiy ziyoratgohi Buxoro shahri ichida bo‘lib, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 2-uyda joylashgan.

Vaqtida Ko‘chabog‘ guzarining  o‘z masjidi bo‘lgan. Madrasa vazifasini ham bajargan masjid taxminan XIX-asrning ikkinchi yarmida Qo‘qondan kelib, Buxoroda joylashib olgan eshon tomonidan qurilganligi sababli, Ko‘chabog‘ va Eshoni Qo‘qondiy (“Qo’qonlik eshon”) nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Masjid kundalik va juma namozlari uchun xizmat qilgan; bu yerda diniy marosimlar ham o‘tkazilgan, shuning uchun u xonaqo deb ham nomlangan. Masjidda shuningdek, eshonlik faoliyati bilan shug‘ullangan bu eshonning avlodlari uchun oilaviy go‘rxona ham bo‘lgan. Ularning asoschisi XIX-asrning oxirlarida vafot etgan.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
Abdullo Eshoni Qo‘qondiy ziyoratgohi

loading map - please wait...

Abdullo Eshoni Qo‘qondiy ziyoratgohi 39.776460, 64.426253 Kenglik: 39.776460 Uzunlik: 64.426253