Hazrat Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr ibn Solih Shamsulaimma al Halvoiy al Buxoriy buyuk muhaddis, ulkan faqih, mashkur mujtahid, valiyulloh edidar.
U kishiga “Shamsulaimma”, ya’ni Imomlar quyoshi degan unvon berilgan edi.
Zarnujiyning “Ta’limul mutaalim” kitobida yozilishicha, Hazratning otalari faqir kishi bo‘lib, holvapazlik kasbi bilan rizq-ro‘zini topgan va farzandini tarbiya etgan. Shu bois Hazrat Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr ibn Solihga Halvoniy degan nom ham berilgandir.

As Sam’oniyning “Nasabnoma” kitobida keltirilishicha, Shamsul-aimma fiqh ilmini Qozi Abu Ali Husayn ibn Hizr an Nasafiydan, hadis ilmini esa Abu Abdulloh al G‘unjor al Hofiz al Buxoriy va Abu Sahl Ahmad ibn Muhammad al Buxoriydan o‘rganganlar.
Shamsulaimma katta hajmli “Al Mabsut”, shuningdek, “Kitobi navodir” va boshqa asarlar muallifi sifatida islom olamida mashhur.
Zahabiyning “Siyaru a’lomin-nubalo” kitobida yozilishicha, alloma Shamsulaimma al Halvoiy hanafiylar peshvosi va o‘z diyorida ra’y tarafdorlarining raisi edidar.
Bu zoti sharif haqdarida A.Sh.Juzjoniy “Islom huquqshunosligi” kitobida ma’lumot bergan (214-sahifa).
“Nasabnoma”da habar berilishicha, Shamsulaimma 1058 yil Keshda vafot qiladidar. Lekin u kishining jasadlarini Kesh shahridan Buxoroga olib keladilar va Buxoro shahri ichidagi Gulobodda dafn qiladilar.
Juzjoniyning yozishicha, Shamsulaimmadan Faxrul islom Bazdaviy, Sadrul islom Abul-yusr, Shamsulaimma Bakr ibn Muhammad Zarajariylar ta’lim olgan. .
Yaqinda Hazrat Halvoniyning jasaddari Buxoro shahridagi Shoh Axsaviy jome’sining janubiy tomoniga qayta ko‘mildi. Mazkur masjid imom-xatibi Hoji Hayit Shirinov tashabbusi bilan bu ziyoratgoh obod qilinmoqda.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
HAZRAT ShAMSULAIMMA HALVONIY (HALVOIY) ziyoratgohi

loading map - please wait...

HAZRAT ShAMSULAIMMA HALVONIY (HALVOIY) ziyoratgohi 39.778538, 64.420727 Kenglik: 39.778538 Uzunlik: 64.420727