Hazrat Zindafil Ahmad Jomiy (1049-1141) qadamjo ziyoratgohlari Buxorodagi Somoniylar bog‘ining g‘arbidadir. Ushbu ziyoratgohda tug‘ va qabr bor.
Hazrat Ismoil Somoniy maqbaralarining kun botar tomonida koshin va pishiq g‘isht ishlab chiqaradigan kichik korxona joylashgan. Mana shu korxona ichida ushbu ziyoratgoh qolgan. Ayni shu kunlarda xam ziyoratgohda qabr va tug‘ mavjud.
Hazrat Zindafil Ahmad Jomiy ziyoratgohlari haqida Narzulla Yo‘ldoshev “Buxoro avliyolarining tarixi” (“Buxoro” nashriyoti, 1977 yil, 59-60 sahifalar) kitobida ma’lumot bergan.
Hazrat Ahmad Jomiy buyuk shoir, shayx, avliyo bo‘lganlar. Ul zoti sharif g‘azallari mashhur. Buxoroda kitobat qilingan ko‘plab bayozlarda Hazrat Ahmad Jomiyning g‘azallari kiritilgandir. Hazrat Ahmad Jomiy haqlarida xalqning og‘zida juda ko‘p rivoyatlar yuradi.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
Zindafil Ahmadi Jomiy ziyoratgohi

loading map - please wait...

Zindafil Ahmadi Jomiy ziyoratgohi 39.775520, 64.395708 Kenglik: 39.775520 Uzunlik: 64.395708