XOJA ZAYNIDDIN ME’MORIY MAJMUASI shahristonning janubi-g‘arbiy qismidagi ko‘chalar chorrahasida, shu nomdagi guzarda joylashgan. Masjid-xonaqo va hovuzdan iborat. Binoda (umumiy o‘lchamlari 30,4×18,8 metr, balandligi 16,6 metr) masjid xonaqosi, binosoz mozori, maktabxona va ziyoratchilar uchun mo‘l-jallangan bir necha hujralar mavjud. Masjid-xonaqo pishiq g‘ishtdan terilgan tepalik ustida ko‘tarilgan. Bir mahallar sirlangan naqshlar bilan ziynatlangan bosh janubiy fasad chuqur besh qirrali ravog‘i bo‘lgan peshtoq bilan alohida ajratib ko‘rsatilgan. Uning qanotlarida esa kunjak xonalarda eshik o‘rinlari bo‘lgan toqisimon ravoqlar ham yasalgan. Shimoliy va janubiy fasadlar qoshi-ustunlari sharafali yog‘och ustunlarga zalvorini tashlagan ayvon bilan o‘rab olingan. Guzar ichkarisidagi boshi berk ko‘chaga qarab solingan g‘arbiy fasadda chuqur toqisimon kamgak yasalgan. Ana shu kamgakda Xoja Zayniddin yoki Xojai Turk mozori joylashgan, uning ustida tug‘ ko‘tarilgan.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
Xoja Zayniddin va Xoja Turk ziyoratgohlari

loading map - please wait...

Xoja Zayniddin va Xoja Turk ziyoratgohlari 39.774679, 64.412005 Kenglik: 39.774679 Uzunlik: 64.412005