Do’stum Chuhra oqosi (yoki Mirzo Fayoz) masjidi.

Do’stum Chuhra Oqosi guzaridagi masjid. (Do’stum – ism, chuhra oqosi – saroy unvoni). Masjid pishgan g’ishtdan qurilgan bo’lib, ilgari gumbazli bo’lgan. Keyinchalik masjid gumbazi qulab tushgan va uning o’rniga yog’och-karkasli shift o’rnatilgan. Rivoyatlarga ko’ra, masjid quruvchisi deb, Shayboniylar sulolasidan bo’lgan Abdullaxon II ning zamondoshi, uning xos navkari, xizmat pillapoyasida asta-sekinlik bilan yoqorilab borgan Mir Do’stum hisoblanadi. Masjid Mir Do’stum tomonidan u saroydagi pastroq darajadagi lavozimda – chuhra oqosi bo’lganda qurilgan. Qurilish sanasi 1585-1586 yillar.  #394.

Ushbu unchalik katta bo’lmagan  g’ishtli bino ikki tomondan: sharq va janubiy tomondan ayvon bilan o’ralgan, yog’och-karkasli tekis shift masjid ichki qismidagi bir ustunga suyangan. Guzar masjid hovlisiga asosiy kirish joyi original ravishda o’z yechimini topgan. Uning besh qirrali o’yiq joyi janubiy ayvon devorida joylashgan bo’lib, pastkina portal bilan uyg’unlashtirilgan. Fasadda epigrafik yozuvli mayolika plitalardan yasalgan kitoba saqlanib qolingan. Masjid zaliga olib boradigan, eshiklarida an’anaviy  eskicha so’zlar yozilgan ikkita eski eshik diqqatga sazovordir.

Vaqtida masjid qoshida  madrasa bo’lgan. Masjidning shimoliy jabhasi (fasadi) oldida madrasa hujralari va maktab binosi tomonidan tashkil topgan yopiq hovli mavjud edi. Ushbu madrasada 10 ta hujra bor edi. Madrasa kichik bo’lishiga qaramay, bu madrasa XX asr boshlarida Buxorodagi talabalarga jamoaviy ma’ruzalar o’tkazildigan 22 ta madrasalaridan biri bo’lgan.  Shu bilan birga, ushbu madrasa “Sho’ro” jurnalining (Orenburg, 1916 y., 12-son) ma’lumotlariga ko’ra oliy o’quv yurtlari toifasiga kirib, yillik 40 ming tanga vaqf daromadlariga ega bo’lgan.

Yigirmanchi asrning boshlarida, binoning shimoliy jabhasi (fasadi)ga  biriktirib kichik maqbara qurilgan, maqbara kirish joyi uchun masjid devori teshilgan.

Masjidni kichik hajmdagi tiklash, ta`mirlash  ishlari 2000 yilda amalga oshirilgan.

Sayt mualliflari ushbu maqolani tayyorlashda yordam berganliklari uchun Elizaveta Gavrilovna Nekrasovaga minnatdorchilik bildiradilar.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
Мечеть Дустум Чухра окоси (Мирзо Фаёз)

loading map - please wait...

Мечеть Дустум Чухра окоси (Мирзо Фаёз) 39.774180, 64.411179 Широта: 39.774209 Долгота: 64.411194