RusRav (o‘g‘illarimiz Rustambek va Ravshanbek ismlarining birinchi bo‘g‘inlaridan tashkil topgan so‘z)
Sevimli ota-onamning muborak xotiralariga bag’ishlanadi
“Ushbu sayt bizning jonajon, sevimli shahrimiz Buxoro haqida. Qadimgi tarix va boy madaniy merosga ega shahrimizni “Sharq marvaridi” deb bejiz aytmaganlar. Veb-sayt yaratish g’oyasi yaqinda paydo bo’ldi, bunga asosiy sabab mening kenja o’g’lim Ravshanbekning kutilmagan tarzda paydo bol’gan veb-saytlarni yaratishga bo’lgan qiziqishi sabab bo’ldi. Ushbu qiziqishni to’g’ri yo’nalishda rivojlantirish uchun men unga shahrimiz haqida veb-sayt yaratishni taklif qildim. Biroz o’ylanib, u rozi bo’ldi. Ushbu sayt uning tomonidan yaratilgan birinchi sayt bo’lib hisoblanadi. Saytni yaratilishining ikkinchi sababi shundaki, Internetda bizning shahar haqida ko’plab saytlar mavjud, ammo ularning aksariyati faqat tijoriy maqsadlarida yaratilgan, ba’zi saytlar esa shahrimiz to’g’risida, uning me’moriy yodgorliklari, tarixiy faktlari to’g’risida ba`zan noto’g’ri ma’lumotlar beradi. Hurmatli saytimiz mehmonlari, biz sizning fikr-mulohazalaringizni, sharhlaringizni va albatta tilaklaringizni kutamiz.”
Bu bizning veb-saytimizning 2013 yilda yaratilgan dastlabki versiyasida bo’lgan yozuv. Ushbu saytni yaratish orqali biz o’zimizga xos g’oyamiz (“fishka”) bilan shu kabi boshqa saytlar orasida ajralib turishni hohladik. Biz o’z ishimizni shu yondashuv bilan boshlagandik, afsuski biz aytarli datajada muvaffaqiyatga erisha olmadik.
Shuning uchun, 2018 yildan boshlab yana asl g’oyamizga qaytishga qaror qildik va uni amalga oshirishga harakat qildik. Buning uchun biz saytning “dvigatelini” tubdan o’zgartirdik va eng muhimi, eski Buxoro shahrining barcha tarixiy va arxitektura yodgorliklarining yagona to’liq elektron katalogini yaratdik. Shuni ta’kidlashni istardimki, biz bunday elektron katalogni yaratib, ushbu yo’nalishning kashshoflari bo’ldik.
Sayt maqolalarida biz asosan ajoyib etnograf, sharqshunos, Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxassis Olga Aleksandrovna Suxareva kitoblaridan, o’zbek sovet san’atshunosi, sharqshunos, san’atshunoslik doktori, professor Lazar Izrailevich Rempel va boshqa tarixnavis olimlar kitoblaridan olingan materiallardan, shuningdek Internetda ochiq tarzdagi ma`lumotlardan foydalanganmiz.
Saytdagi materiallarni yig’ish uchun Buxoro shahri tarixiy qismining xaritasi ishlatilgan bo’lib, ushbu xaritani O’zbekiston va uning chegaralaridan tashqarida taniqli bo’lgan mutaxassis, tarix fanlari nomzodi Elizaveta Gavrilovna Nekrasova tuzganlar.
Sayt mualliflari saytdagi maqolarni yaratishda o’zlarining beminnat yordamlarini ko’rsatgan Elizaveta Gavrilovna Nekrasova, me’mor, restavrator, g’oyaviy ilhom beruvchi – Zoirsho Klychev va Moskvadagi do’stimiz, mintaqamiz tarixining katta bilimdoni – Anatoliy Otlivanchikka alohida minnatdorchilik bildiradi.
Eski Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy yodgorliklarining hozirgi holati aks ettirilgan fotosuratlar sayt mualliflari tomonidan olingan.
Izoh bildirish yopilgan.