Ushbu sayt haqida

RusRav (o‘g‘illarimiz Rustambek va Ravshanbek ismlarining birinchi bo‘g‘inlaridan tashkil topgan so‘z) Sevimli ota-onamning muborak xotiralariga bag’ishlanadi “Ushbu sayt bizning jonajon, sevimli shahrimiz Buxoro haqida. Qadimgi tarix va boy…

Shayx Nuriddin Xilvatiy ziyoratgohi

Shayx Nuriddin Xilvatiy mozori ilgari So‘zangaron guzarida joylashgan edi. Bu qabr toshi bo‘lgan maqbara edi; afsonaga ko‘ra, avliyo “Qizil Arslonxon davrida” yashagan. Boshqa manbalarga ko‘ra, Shayx Nuriddin Xilvatiyning…

Mag‘oki ko‘rpa ko‘chasidagi noma’lum qabr

Buxoro Eski shahridagi Mafo‘ki ko‘rpa ko‘chasida joylashgan xonadon oldida qabr mavjuddir. U kimnnig qabri, kim ushbu qabrda dafn etilganligi to‘g‘risida bizda hozircha ma’lumot yo‘q.

Hazrati Sayyid Ja’far Abulg‘oziy ziyoratgohi

Ushbu mozor (ziyoratgoh) haqida Sayyid Muhammad Nosir bin Muzaffar o‘zining 1921-yilda fors tilida yozilgan “Tahqiqoti Arki Buxoro” tarixiy asarida quyidagilarni yozgan: Chihilduxtaron masjidi Muhammad Rahimxonning xayriya ishlariga bag‘ishlangan…

Gavkushon ziyoratgohi

Gavkushon mozori (ziyoratgohi)  — Abdurahmoni A’lam madrasasining shimoli-sharqida, Fath Alloh (Fatxullojon) Chinnifurush karvonsaroyi ishkarisidadir. Ushbu ziyoratgoh karvonsaroyning shimoliy qismidagi hujralar orasida joylashgan. Gavkushon mozori (ziyoratgohi) XX-asrning 2-yarmida karvonsaroyda…

Zindafil Ahmadi Jomiy ziyoratgohi

Hazrat Zindafil Ahmad Jomiy (1049-1141) qadamjo ziyoratgohlari Buxorodagi Somoniylar bog‘ining g‘arbidadir. Ushbu ziyoratgohda tug‘ va qabr bor. Hazrat Ismoil Somoniy maqbaralarining kun botar tomonida koshin va pishiq g‘isht ishlab…

Xoja Zayniddin va Xoja Turk ziyoratgohlari

XOJA ZAYNIDDIN ME’MORIY MAJMUASI shahristonning janubi-g‘arbiy qismidagi ko‘chalar chorrahasida, shu nomdagi guzarda joylashgan. Masjid-xonaqo va hovuzdan iborat. Binoda (umumiy o‘lchamlari 30,4×18,8 metr, balandligi 16,6 metr) masjid xonaqosi, binosoz…

XOJA TUROB ziyoratgohi

Hazrat Xoja Turob qabrlari Xoja Nurobod shoh ko‘chasining janubida Korxona guzarining ro‘parasida joylashgandir.

XOJA TABBAND ziyoratgohi

Hazrat Xoja Tabband ziyoratgohlari Buxoro shahri, Xoja Tabband ko‘chasida joylashgan. Bu yerda Xoja Tabband nomli jome’ masjid. Xoja Tabband qabrlari bor. Hazrat Xoja Tabband ulug avliyo bo‘lib, karomatli…

XOJA SABRI VALIY ziyoratgohi

Buxoro shahridagi Sabri Valiy ko‘chasida Xoja Sabri Valiy ziyoratgohi bor. Bu ziyoratgoh Gavkushon majmuasining qibla tomonidadir.

XOJA RO‘ShNOYI ziyoratgohi

Labi Xauzi Arbob guzarida bir vaqtlar guzarning ziyoratgohi – Xoja Ro‘shnoyi (Muqaddas Nur) mozori joylashgan bo‘lib, u yetti yoki sakkizta gumbazli (aftidan pishgan g‘ishtdan yasalgan) qabr toshlaridan iborat…