Shayx Nuriddin Xilvatiy mozori ilgari So‘zangaron guzarida joylashgan edi. Bu qabr toshi bo‘lgan maqbara edi; afsonaga ko‘ra, avliyo “Qizil Arslonxon davrida” yashagan.
Boshqa manbalarga ko‘ra, Shayx Nuriddin Xilvatiyning qabri Toki Telpak gumbazli yo‘lagining So‘zangaron guzariga qaragan joylaridan birida joylashgan edi. Nuriddin Xilvatiy mozori “Tarixi Mullozoda kitobi”da “hisor ichida” joylashganligi haqida tilga olingan (albatta, eski hisor devori aynan shu joyda, Temirchilar darvozasi yaqinida – Darvozai ohangaron yaqinida bo‘lgan).
“Tarixi Mullozoda kitobi”da Shayx Nuriddin Xilvatiy haqida quyidgilar yozilgan: Shuningdek, Ohangaron darvozasida, Hisor ichida, buyuk Shayx Najm ad-Din Kubro xonadonining xalifasiga tegishli bo‘lgan mujohid Shayx Nur ad-Din Xilvatiyning (Alloh unga rahmat qilsin) [haqiqatini] bilgan mashhur ilohiyotshunos shayxning qabri bor – Alloh uning ruhini muqaddas qilsin.
Ayni paytda bu mozor, ziyoratgoh to‘liq shaklda saqlanmagan. Lekin, avvallari ziyoratgoh bo‘lgan joy hozir ham mavjud bo‘lib, bu joy Zabuda masjidining g‘arbiy tomonida joylashgan xonadon xovlisidagi kichkina gulzor shaklidadir.

Izoh bildirish yopilgan.