Eshoni Afgoni Murodbaxsh ziyoratgohi Buxoro eski shahrining markaziy tarixiy qismida, Ark qal’asining janubida joylashgan.

Ilgari ziyoratgoh yonida Eshoni Afgʻoni nomli madrasa joylashgan. Madrasa XIX-asr oxirida qurilgan bo‘lib, u Havzi Lesak hovuzining janubida bo‘lgan. Madrasa pishiq gʻishtdan qurilgan,   hajm jihatidan kichik  inshoot bo‘lgan.

Eshoni Afgoni mozori (ziyoratgohi) sag‘ana shaklidagi avliyo qabridir. Ziyoratgohda tug‘ ko‘tarilgan. Sag‘ana va uning atrofidagi hudud 2018-yilda ta’mirlanib, obodonlashtirildi.

icon-car.pngKML-LogoFullscreen-LogoQR-code-logo
Eshoni afg‘oni Murodbaxsh ziyoratgohi

loading map - please wait...

Eshoni afg‘oni Murodbaxsh ziyoratgohi 39.775487, 64.411190 Kenglik: 39.775487 Uzunlik: 64.411190